Ekssudativ-kataral diatez

Ekssudativ-kataral diatez – allergik reaksiyalar va yallig‘lanish jarayonlarining uzoq davom etishi natijasida teri qoplamalarining va shilliq qavatlarning zararlanishi bilan namoyon bo‘ladi. Bunday turdagi diatez ko‘pincha erta yoshdagi bolalarda paydo bo‘lib, taxminan 3-4 yoshlarda o‘tib ketadi.

Ekssudativ-kataral diatez bir oylik bolalarda seboreyali dermatitlar ko‘rinishida – yog‘li qichimalar boshning sochli qismida, tepa sohasida paydo bo‘ladi. Odatda, bunday patologiyaning oqibati ijobiy, ammo ba’zi bolalarda bu seboriyali ekzemaga
o’tib ketadi va bunda shish, qizarish, suvli pufakchalar ko‘rinishida bo‘yin, quloq va peshona sohasida yuzaga chiqadi.

Ekssudativ-kataral diatezning eng og‘ir ko‘rinishlari – bolalar ekzemasidir. Yosh kattalashishi bilan bu jarayon neyrodermit ko‘rinishiga o‘tishi mumkin.

Diatezli bolalar nafas yo‘llari kasalliklariga beriluvchan bo‘lishadi (pnevmoniya, bronxit, tonzillit, faringit).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x