EKSPERIMENT (lot. yexreptepgshp — tajriba, sinab koʻrish) — fanda narsa va hodisalarni sezgipredmet faoliyati bilan tadqiq qilish, oʻrganish. Kuzatishga qaraganda yuksakroq bilish usuli. Mohiyateʼtibori bilan tajriba tushunchasini ifodalasada, Eksperiment fanga nisbatan ishlatiladi. Eksperiment zarur shartsharoit yaratishni, turli vositalar bilan obyektni qayd etishni yoki hodisani sunʼiy ravishda yuzaga keltirishni, tegishli texnika va moslamalarni tatbiq etish va oʻlchash ishini oʻz ichiga oladi. Eksperiment bilish obyektini takror hosil qiladi, farazlarni tekshiradi. Eksperiment insonning obyektga moddiy taʼsir koʻrsatishiga, voqelikni amaliy oʻzlashtirishiga, bilimlarni boyitish va rivojlantirishga yordam beradi. Tabiiy va texnika fanlarida Eksperimentdan haqiqatni bilish va uni isbotlash vositasi sifatida foydalaniladi. Eksperiment ijtimoiy hodisalarni, xususan, ijtimoiy fanlarni tadqiq etishda ham keng qoʻllaniladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые