EKSLIBRIS

EKSLIBRIS (lot. — kitobdan) — kitobning biror kimsaga mansubligini koʻrsatuvchi belgi. Kitobning muqovasi yoki zehiga relyef hosil qilib ishlanadigan (superekslibris) va muqovaning ichkari tomoniga yopishtirib qoʻyiladigan (qogoz Ekslibris) xillari bor. Gravyura usulida tayyorlanadigan E. Germaniyada 16-asrda paydo boʻlgan. Ekslibris yirik grafika ustalari (A. Dyurer, X. Xolbeyn Kichkina, A. I. Kravchenko. V. A. Favorskiy va boshqalar) tomonidan yaratilishi grafikaning mustaqil janrini yuzaga keltirdi. Oʻzbekistonda rassomlar V. Kaydalov, V. Kedrin, Q. Basharov, M. Kagarov, M. Starovoyt, V. Parshin va boshqalar koʻplab Ekslibrislar yaratgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x