EKSKORIOZ

EKSKORIOZ — tokning zamburugʻ kasalligi. Tok zangida, barg va novdalarida qora uzunchoq dogʻ va yoʻlyoʻl chiziqlar koʻrinishida paydo boʻladi. Ekskorioz kasalligi tez tarqaladi, chiziqlar oʻrnida yoriqlar hosil boʻladi. Poʻstloq ingichka uzun boʻlaklarga boʻlinib koʻcha boshlaydi, novda oʻsib chiqqan joy yoʻgʻonlashadi. Novdaning asosi yoʻgonlashib (shishib), oziq moddalar oʻtmay qoladi. Novdalarda choʻzinchoq qoramtir dogʻlar paydo boʻlishi mumkin. Kech kuzda novdalar uchi oqaradi, ularda ham dogʻ paydo boʻladi. Ekskorioz yomgʻir koʻp yoqqan yilda juda tez rivojlanadi. Kasallik qoʻzgʻatuvchisi novda oʻsib chiqqan joylarda mitseliy koʻrinishida qishlaydi.

Kurash choralari: toklarga yorugʻlik va havoning yaxshi oʻtishi uchun qulay sharoit yaratiladi, kurtak chiqqunga qadar hamda novda oʻsish davrida fungitsidlar, organik preparatlar bilan ishlov beriladi. Kurtaklar boʻrtishiga qadar 2% li nitrafen purkash yaxshi natija beradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x