Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, bezovtalik, uyqusizlik, “dahshatli” tush ko‘rishlar, tremor, tirishishlar, depressiya; dezoriyentatsiya, gallyutsinatsiyalar, psixoz, derepsonalizatsiya, ongni chalkashishi, miasteniya gravis simptomlarini kuchayishi, psixotik buzilishlar, paresteziya, maniya, kuchli terlash, anoreksiya, lohaslik, asteniya, et uvishishi, toliqish.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, kekirish, qusish, meteorizm, ishtahani yomonlashishi, gastrit, gastralgiya, diareya, stomatit, glossit, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining kandidozi, til va tishlarning rangini o‘zgarishi, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini qurishi, o‘tkir pankreatit, “jigar” transaminazalari faolligini oshishi, gepatotsellyulyar va xolestatik gepatit, xolestatik sariqlik; kam hollarda – soxtamembranoz kolit, asosan og‘ir yondosh kasalliklari va/yoki dori bilan yondosh davolash fonida o‘lim bilan yakunlanadigan jigar yetishmovchiligi, dispepsiya, qabziyat.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: yurak qorinchalari taxikardiyasi, shu jumladan “piruet” turi, qorinchalarni xilpillashi va lipillashi, EKG da Q-T intervalini uzayishi.
Sezgi a’zolari tomonidan: quloqlarni shang‘illashi, jaranglashi, ta’mni o‘zgrishi (disgevziya), agevziya, yakka hollarda – preparat bekor qilinganidan keyin o‘tib ketuvchi eshitishni yo‘qolishi, hid sezishni buzilishi, anosmiya.
Teri va yumshoq to‘qimalar tomonidan: eritrazma, akne, saramas.
Suyak-mushak tizimi tomonidan: mialgiya, miopatiya, ko‘krak qafasida og‘riq.
Qon yaratish a’zolari tomonidan: kam hollarda – trombotsitopeniya (odatdagi bo‘lmagan qon ketishlari, qon quyilishlar), agranulotsitoz, trombotsitoz, protrombin vaqtini uzayishi, XMN darajasini oishi.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan: interstitsial nefrit, buyrak yetishmovchiligi.
Laboratoriya ko‘rsatkichlari: leykopeniya, neytropeniya, eozinofiliya, qonda povsheniye bilirubin kontsentratsiyasini oshishi, giperkreatininemiya, gipoglikemiya (shu jumladan gipoglikemik preparatlar bir vaqtda qabul qilinganida), siydik rangini o‘zgarishi.
Allergik reaktsiyalar – teri toshmasi, qichishish, eshakemi, terini giperemiyasi, xavfli ekssudativ eritema (Stivens-Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz, anafilaktik reaktsiyalar, eozinofiliya va tizimli simptomatika bilan kechuvchi dori vositalari ta’siridagi toshma (DRESS sindrom), Shenlyayn-Genox purpurasi, gemorragiyalar.
Boshqalar: ikkilamchi infektsiyalar (mikroorganizmlar tomonidan chidamlilikni rivojlanishi).