EKO AMALIYOTI ASORATLARI

EKO AMALIYOTI ASORATLARI

Ayol tuxum hujayrasini olish maqsadida gormonlar superstimulyasiyasi amalga oshiriladi bu albatta o‘ziga yarasha nojo‘ya ta’sirlari mavjud.
Og‘ir holatlarda buyrak, nafas yetishmovchiligi, tromboyembolik asoratlar sodir bo‘lib, bemor hayotini xavf ostiga qo‘yadi.

➡️Keyingi bo‘lishi mumkin bo‘lgan asorat:

❗️Tuxum hujayra biopsiyasi paytida kichik chanoq a’zolari zararlanishi; bunda ichki a’zolarda qon ketishi kuzatilishi mumkin, yallig‘lanishli holatlar uchrab turishi mumkin.

❗️Ayol tuxumdonlari buralib qolishi va a’zoga o‘tkir qon aylanishi yetishmovchiligi kuzatilishi mumkin (zudlik bilan operativ davo talab qilinadigan holatdir).

❗️Bachadondan tashqari homiladorlik kuzatilishi mumkin.

❗️Homila tushib qolishi mumkin, turli sabablar hisobiga.

Yuqorida biz eng xavfli va asosiy bo‘lishi mumkin bo‘lgan asoratlar haqida ma’lumot berdik, ammo yuqoridagilardan boshqa asoratlar muolaja hisobiga bo‘luvchi kichik nojo‘ya ta’sirlardir.

Bemor har bir amaliyot va operasiyadan oldin nojo‘ya ta’sirlari haqida ogohlantirilishi zarur va bemorlarimiz bu narsaga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishni o‘rganishlari lozim, bilib qo‘ying faqatgina Olloh taolo sizga 100% kafolatni berishi mumkin, insonlar emas‼️

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x