Ehtirom ifodasi

Fargʻonadagi anjumandan qaytayotib, Oltiariqdan oʻtayotganimizda, mashinani chetga oldirib, Erkin akani yoʻl yoqasidagi oshxonaga boshladim:

– Oltiariqqa kelganlar bu yerning mashhur somsasini yemasdan ketmaydi. Keling, shundan ikkita-ikkita tatib koʻraylik.

Oshxona birdan bayramga aylanib ketdi. Xoʻrandalar birma-bir kelib, suyuklidan suyukli shoiri bilan quchoqlashib koʻrishishga tutindi. Hatto bolalar derazadan moʻralab, somsa yeyishimizni tomosha qila boshlashdi. Shunday mashhur odam ham ovqat yer ekan-da, deb oʻylashgani aniq.

Qoʻzgʻalayotib, pul bersak, somsapaz olmasdan turvoldi. Bundan Erkin akaning yana hazilkashligi qoʻzidi:

– Shuni oldinroq aytmaysizmi, ukajon. Bilganimizda, somsani ikkitadanmas, toʻrttadan buyurardik.

 

Anvar OBIDJON

https://saviya.uz/hayot/mashhurlar-hayoti/ehtirom-ifodasi/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x