EGOV

EGOV — qattiq (temir, yogʻoch, plastmassa va boshqalar) buyumlar sirtidan yupqa qatlamda qirindi olish, tekislash, silliqlash uchun moʻljallangan koʻp tishli (tigʻli) chilangarlik quroli; ish sirtlari (yuzi yoki yonlari) ga kesuvchi tishlar kertilgan asbob. Dastlabki Egovlar temir davrida paydo boʻlgan. Mustahkam poʻlatdan yasaladi. Egov ish qismi va quyruq qismidan iborat. Quyruq qismiga dasta oʻrnatiladi. Vazifasiga qarab, umumiy ishlarga moʻljallangan, maxsus mashina E. lari va boshqalar turlarga boʻlinadi.

Umumiy ishlarga moʻljallangan Egov larning oʻtkir uchli yassi, toʻmtoq uchli yassi, kvadrat, uchburchak, dumaloq, yarim dumaloq, rombsimon, arrasimon xillari bor. Maxsus ishlarga moʻljallangan Egov larga novsimon, ovalsimon Egovlar kiradi. Mashina Egovlari egovlash stanoklari va mashinalarida ishlatiladi. Bularga bor, disk, sterjenli, plastinkasimon Egovlar kiradi. Ulardan aylanma yoki ilgarilamaqaytma harakatlanuvchi stanoklarga oʻrnatilib foydalaniladi. Tishlari soniga qarab, dagʻal, mayda tishli va mayin Egovlar farqpanadi. Dagʻal (1 sm da 4,5 —12 ta), mayda tishli (13 — 26), mayin (42 — 80) Egovlar boʻladi. Dagʻal Egovlar buyumlarga dastlabki ishlov berish uchun moʻljallangan. Bunday Egovlar bilan sirtlarga 0,1 — 0,2 mm aniqlikkacha ishlov beriladi. Mayda tishli Egov toza ishlov berish uchun moʻljallangan. Bunday Egovlar bilan 0,02 — 0,05 mm aniqdikkacha ishlov beriladi. Mayin Egovlar buyumlarni pardozlash va oʻlchamiga yetkazish uchun ishlatiladi. Ular bilan sirtlarga 0,001 mm aniqpikkacha ishlov berish mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x