EFIR

EFIR (yun.) — yunon afsonasiga koʻra, Olimp togʻi choʻqqisi yetgan va olimp xudolari makoni hisoblangan eng yuqori yengil va shaffof havo qatlami. Yunon shoiri Gesiodning «Teogoniya» asari boʻyicha Efir goʻyo Ereb (yer osti Zulmati) va Nikta (Tun) ning oqibati; boshqa rivoyatga qoʻra, Efirning Gemera (Kun) bilan birlashishidan Yer, Havo, Dengiz, Okean va Tartar (yer qaʼri) paydo boʻladi.

Qad. tasavvurga koʻra, Efir (olam efiri, yorugʻlik efiri) hamma narsaga va hamma yerga «kira oluvchi» nozik muhit. Yer, suv, havo va olov bilan birga Efir mavjudot elementlaridan biri (Aristotel) — «kvintessensiya» (lot. ^shpga ye§$yepNa — beshinchi mohiyat). Qadimda bu muhitga yorugʻlik va umuman elektromagnit oʻzaro taʼsirini tarqatish vositasi deb qaralgan. A. Eynshteyn yaratgan nisbiylik nazariyasiga koʻra, Efir yoʻq narsa hisoblanadi.

Hoz. fan nuqtayi nazaridan fizik vakuum oddiy moddiy muhitning baʼzi xossalariga ega. Biroq, uni Efir bilan chalkashtirib yubormaslik kerak, chunki, mas, elektromagnit maydon maxsus eltuvchi muhitga muhtoj boʻlmagan mustaqil fizik obyekt hisoblanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x