EFES

EFES — Kichik Osiyoning gʻarbiy sohili Kariya viloyatidagi qadimiy shahar. E. xarobalari hoz. Saljuq (Turkiya)dan 10 km narida joylashgan. Osiyo savdo yoʻllarining soʻnggi nuqtasi va diniy markaz sifatidagi ahamiyati (E. homiysi — Artemida ibodatxonasi dunyoning yetti moʻjizasidan biri) shaharning ravnaq topishiga imkon bergan. Gerostrat oʻz nomini abadiylashtirish maqsadida ibodatxonaga oʻt qoʻygan (mil. av. 356 yil). Keyinchalik ibodatxona qayta qurilgan, biroq mil. 263-yil Efes gotlar tomonidan talontaroj etilgan paytda butkul vayron qilingan. Efes mil. 358 va 365-yillardagi zilzilalardan jabr koʻrgan. Shahar 7-asr gacha mavjud boʻlib, soʻng kimsasiz qolgan bu yerlar botqoqlikka aylangan. Efesdan yunon va Rim davriga oid shahar mavzelari, stadionlar, teatr, terma (hammom), shahar darvozalari, vodoprovod, kutubxona binosi, ibodatxonalar va boshqalar xarobalar ochilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x