EDELMAN Jerald Moris (1929.1.7, Nyu-York) AQSH biokimyogari. Amerika fan va sanʼat akademiyasi hamda Nyu-York akademiyasi aʼzosi. Ursinus kollejini tugatgan (1950), tibbiyot fanlari d-ri (1954). 1957-yildan Rokfeller tibbiyot tadqiqotlar in-tida prof. (1966). Asosiy ilmiy ishlari oqsillar (antitelolar)ning birlamchi va uchlamchi strukturalarini oʻrganishga oid. Hujayralar va antitelolarni fraksiyalarga ajratish, oqsillarni fluoressent spektroskopiya qilish usullarini ishlab chiqqan. Ushbu usullar yordamida immunoglobulinlarning molekulalari toʻrtta polinukleotid zanjirdan iborat ekanligini aniqlagan. Nobel mukofoti laureati (1972; R. R. Porter bilan hamkorlikda).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые