EBULIOSKOPIYA (lot. qaynayman va…skopiya) — eritma qaynash trasining koʻtarilishini toza erituvchi qaynash trasiga qiyoslab oʻlchashga asoslangan fizikkimyoviy tekshirish usuli. Ebulioskopiya krioskopiya kabi erigan moddaning mol. m. ni oʻlchashda qoʻllanadi. Ebulioskopiya usulini F. Raul 1882 — 88 yillarda taklif etgan. Raul qonuniga muvofiq, erituvchining toʻyingan bugʻ bosimi uchramaydigan modda eritmasi ustidagi konsentratsiyaga proporsional ravishda kamayadi. Moddalarning mol. m. ni Ebulioskopiya usuli boʻyicha anikdashda toza erituvchining qaynash t-rasi oʻlchanadi. Keyin toza erituvchidan maʼlum miqdorda tortib olinadi va unga tekshirilayotgan moddadan aniq oʻlchab qoʻshiladi, hosil boʻlgan eritmaning qaynash trasini oʻsha termometr (yoki termopara) yordamida oʻlchanadi. Ebulioskopik oʻlchash murakkabligi tufayli krioskopiya usuliga qaraganda kamroq qoʻllanadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые