EBRO — Ispaniyaning shim. sharqiy qismidagi daryo. Uz. 928 km, havzasining mayd. 86,8 ming km2. Kantabriya togʻlaridan boshlanib, Aragon tekisligidan oqadi, Katalon togʻlarini kesib oʻtib, Oʻrta dengizga delta hosil qilib quyiladi. Oʻrtacha suv sarfi 560 m3/sek. Qish va bahorda suvi koʻpayadi. Daryo suvidan sugʻorishda foydalaniladi, GES qurilgan. Saragosa shahrigacha kema qatnaydi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые