DYUBA, Dyu Boys (Dudois, Du Bois) Uilyam Eduard Byorkxard (1868. 23.2, Greyt-Barrington, AQSH, — 1963.27.8, Akkra, Gana) — amerika yozuvchisi, tarixchisi, jamoat arbobi, AQSH dagi zamonaviy negr adabiyotining asoschilaridan. 1895-y. da falsafa d-ri unvonini olgan. Atlantadagi un-t iqtisodiyot va tarix prof. (1897—1910), ijtimoiy f-t dekani (1933—44). 1961-y. da Ganaga koʻchib kelib, «Afrika ensiklopediyasi» («Encyclopedia Africana») nashriga rahbarlik qilgan. Dyuba butun Afrika xalqlarini birlashtirishga bagʻishlangan bir nechta kongresslarning (1si — 1919, oxirgisi — 1945) tashabbuskori boʻlgan. Negr xalqi haqidagi tarixiy va ijtimoiy asarlar muallifi. «Qora kishilar qalbi» (1903) ocherklar toʻplami, «Kumushrang teri izlab» (1911) romani, «Tim qora suv» (1920) hikoyalar, ocherklar va sheʼrlar toʻplami, «Qora alanga» («Mansart sinovda», 1957; «Mansart maktab qurmoqda», 1959; «Qora alanga», 1961) trilogiyasi va b. asarlarida negr xalqining soʻnggi bir yarim asrdan ortiq vaqt mobaynidagi mehnati, irqchilikka va ijtimoiy adolatsizliklarga qarshi kurashi oʻz badiiy ifodasini topgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые