DURUN — oʻrta asrlarga oid shahar xarobasi. Jan. Turkmanistonning Baharden t. y. stansiyasidan 5 km sharkda. Mustahkam arkqalʼa, shahriston va raboddan iborat boʻlgan. Arkqalʼa toʻrtburchak shaklida, mayd. 120×50 m, bal. 11 — 12 m. Shahristonning mudofaa devorlari jan. va gʻarb tomondan arkka tutashgan. Shahar atrofi ochiq. Durun 15-a. manbalarida tilga olinadi. Eng qad. yodgorliklari 9-a. ga oid. Shaharning gullagan davri 14-a. ga toʻgʻri keladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые