DURBEK

DURBEK (14-a. oxiri — Balx — 15a. boshi) — oʻzbek shoiri. Uning «Yusuf va Zulayho» dostonigina yetib kelgan. Durbekning «Yusuf va Zulayho» dostoni 1409-y. yozilgan. Doston asosini Sharqda mashhur Yusuf va Zulayho xaqidagi rivoyat tashkil etgan. Sharq adabiyotida sayyor syujetga aylanib ketgan bu mavzu oʻziga xos uslubda qaytadan (oʻzbek tilida) bayon etilgan. Durbek oʻzi yashagan davr manzaralarini doston ruhiga singdirib yuborgan. Asarda Balx sh. ning qamal qilinishi, shahar xalqi boshiga tushgan ogʻir fojialar yuksak mahorat bilan tasvirlangan. Qamal tufayli yuz bergan ochlik, suvsizlik kabi qi-yinchiliklarni shahar tashqarisidagi maʼmurchilikka qaramaqarshi qoʻygan. Dostondagi qaxramonlar faoliyati Markaziy Osiyo shahar va qishloqlariga xos tabiat manzaralari, turmush hodisalari, xalq urfodatlari tasviri orqali aks ettirilgan. Shoir bosh qahramon Yusufning taqdiri va uning hayotga boʻlgan munosabatini turli va-ziyatlarda tasvirlaydi. Yusufning insoniy fazilatlari uning zehni va zakovati odamlarga, oʻz eliga muxabbatida koʻzga yaqqol tashlanadi. U behuda qon toʻkmasdan, aql-idrok bilan mamlakatni boshqaruvchi odil shoh darajasiga koʻtariladi. Durbek xotin-qizlar latofati va zakovatini yangi jixatlar bilan boyitgan, Zulayho timsolida sadoqatli sevgi sohibasi obrazini yarata olgan. «Yusuf va Zulayho» dostonining qoʻlyozma nusxasi Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik in-tida (inv. №185), Parij va Istanbul kutubxonalarida saqlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x