Asror akaga
Birov shaydosidir obroʻ, shoningni,
Birob bilmay qolsa, olsa molingni,
Sen boshqa minnatsiz mehr topmassan,
Duosin olib qol onajoningni.
Har soʻzi ming yillik dardingga darmon,
Neki istagi bor, anglagil – farmon.
Bilsang, shu kimgadir alamli armon,
Duosin olib qol onajoningni.
Dunyoning biz bilmas asrori bisyor,
Doʻstingman deb yurgan aQyori bisyor,
Sadogʻat bilmagan dildori bisyor,
Duosin olib qol onajoningni.
Besh kunlik dunyoda hammamiz mehmon,
Goho bir shirin soʻz zoʻr lutfu ehson,
Tilaging ijobat boʻlgaydir oson,
Duosin olib qol onajoningni.
Tiling boʻshamasin hamdu sanodan,
Bir xabar yetmishlar Haq Mustafodan,
Jannat istar boʻlsang Qodir Xudodan,
Duosin olib qol onajoningni.
Gʻayrat MAJID
https://saviya.uz/ijod/nazm/duosin-ol-onajoningni/