Dunyodagi eng katta mafiya.
Mafiya tushunchasi o‘tgan asrda juda ommalashgan edi. Bunday guruhlarning a’zolari aholi orasida qo‘rquv va xavotir tarqatish bilan birga daromad keltiradigan deyarli barcha sohalarni nazorat qilishardi, shunday guruhlardan dunyoning eng kuchli mafiyasi Rus mafiyasi yoki «qizil mafiya» hisoblanadi. Bu guruh o‘tgan asrning 60-yillarida paydo bo‘lgan 80-90yillarda juda kuchayib ketgan.
O‘sha yillarda o‘smirlar ulg‘ayganlarida mafiya safiga qo‘shilishni orzu qilishlari bejiz emasdi. Har bir yirik shahar o‘zining jinoiy guruhlariga ega bo‘lib, ular deyarli hamma sohaga kirib borgan, butun aholini xavotirda saqlashar, bir-birlari bilan uyushtirgan qonli urushlarida bir vaqtning o‘zida yuzlab odamlar halok bo‘lardi. So‘nggi ma’lumotlarga ko’ra rus mafiyasi vakillari 1991 yildan buyon 150 mlrd dollarni Rossiyadan olib chiqib ketishgan va dunyo bo‘ylab a’zolari 500 ming kishidan ortiq.