DUNTINXU — Xitoy sharkidagi kul. Szyanxan tekisligida, Yanszi daryosining ung sohil vodiysida joylashgan. Qirgʻoklari past, botkrklashgan. Maydoni qish oylarida 4—5 ming km2 dan yoz oylarida 10—12 ming km2 ga yetadi. Suv sathi mavsumiy, 10—15 m gacha uzgaradi. Chuq. 8 m gacha. Duntinxuga kema qatnaydigan Syanszyan, Yuanszyan, Lishuy va Szishuy daryolarining suvi quyiladi. Yanszi daryosi oqimini (5 ta irmogʻi orqali bogʻlangan) tartibga solib turadi, yoz (may — sent.)da daryoning 40 dan 60% gacha tosh-qin suvlarini qabul qiladi. Koʻlda kema qatnaydi, baliq ovlanadi. Duntinxu atrofida sholichilik b-n shugullaniladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые