DUNBULOQ

DUNBULOQ — Qirgʻizistonning Oʻsh viloyatidagi qad. turar joy xarobasi (Oʻzgandan 5 km shim. da, Yassi daryosining chap sohilida). Mayd. 30×270 m. Ichki qoʻrgʻonining mayd. 90×50 m. Uch tomoni xandaq bilan oʻralgan, toʻrtinchi tomoni jar. Arxeologik qazishlar natijasida Dunbuloqning qalin madaniy qatlami (10 m atrofida) ochilgan. U 3 bosqichdan iborat. Birinchisi mil. av. 3—1-a. larga oid, undan chiziqli och qizil naqsh solingan kulolchilik buyumlari topilgan; ikkinchisi milodning dastlabki asrlariga oid; unda sopol idishlar bilan birga boʻrtma naqsh solingan idishlar, yorgʻuchoq, idish boʻyagich hamda tosh va suyaqsan ishlangan zeb-ziynat buyumlari koʻp uchraydi; uchinchisi 6 — 8-a. larga oid; bu bosqichda qoʻlda yasalgan va chiziqli, qabariq va kungurali naqshlar solingan idishlar tarqalgan. Dunbuloq yodgorliklari Fargʻona vodiysi qabilalarining antik va ilk oʻrta davrlariga oid dehqonchilik madaniyatini aniklashga yordam beradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x