DUMGʻAZA

DUMGʻAZA (sacrum) — 1) beshta dumgʻaza umurtqasidan tarkib topgan yaxlit suyak; 15—16 yoshgacha umurtqa oraliq togʻaylaridan iborat boʻladi, keyinchalik suyaklanib, bir butun Dumgʻaza su-yagiga aylanadi. Dumgʻazaning ikki yonboshidagi quloqsimon yuzasi yonbosh suyagining shu xil yuzasi bilan birlashib, chanoq boʻshligʻini hosil qilishda ishtirok etadi. Dumgʻaza umurtqalarining kesimtalaridan vujudga kelgan teshiklar orqali qon tomir va nervlar oʻtadi;

2) hayvonlarda bir necha umurtqadan tuzilgan dum suyagi va ustidagi goʻsht bilan yogʻ ham Dumgʻaza deb ataladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x