DUKAT (lot. ducatus — gersoglik) — qad. kumush va oltin tanga (baʼzan, sexin yoki florin deb ham atalgan). Gʻarbiy Yevropaning bir qancha mamlakatlarida muomalada boʻlgan. Dukat dastlab Venetsiyada (1140), keyinchalik koʻpgina gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida zarb etilgan. 1559— 1857-y. larda Germaniya va Avstriyaning davlat puli hisoblangan. Ogʻirligi 3,44 g atrofida. Gollandiyada 1875-y. gacha, Avstriya-Vengriya 20-a. boshlarigacha muomalada boʻlgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые