DUHUL (urducha — katta nogʻora) — qad. doʻl nogʻora, Turkiston va Hindiston xalqlari orasida harbiy yurishlardan, ovga chiqishdan va jazolash paytidan darak berish uchun chalingan. Qorovul almashuvida, lashkar yigʻishda ham Duhul qoʻllangan (yana q. Dovul).