DOʻSTLIK

DOʻSTLIKJizzax viloyatidagi shaxar (1983-y. dan). Doʻstlik tumanining maʼmuriy markazi. Viloyat markazi Jizzahdan 52 km. T. y. stansiyasi. Shahardan yirik avtomagistral yoʻli oʻtgan. Aholisi 16 ming kishi (2000). Asosan oʻzbeklar, shuningdek, rus, qozoq, tatar va b. millat vakillari ham yashaydi. Doʻstlikda 2 qoʻshma korxona, oʻsimlik moyi ishlab chiqaruvchi firma, «Doʻstlikdon» aksiyadorlik jamiyati, umumiy taʼlim maktablari, biznes maktabi, litsey, tibbiyot bilim yurti, sport majmuasi, tennis korti, kutubxona, markaziy kasalxona, xotira memorial majmuasi mavjud.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x