DOZIMETRIYA NAZORATI

DOZIMETRIYA NAZORATI — shaxsiy tarkib, qurol-yarogʻ, jangovar texnika, transport vositalari, harbiy anjomlar, oziq-ovqat, suv va muayyan hududning radioaktiv moddalar bilan zaharlanganlik darajasini aniqlash uchun oʻtkaziladigan tadbirlar majmui. Dozimetriya nazorati nurlanish va radioaktiv zaharlanishni nazorat qilishga boʻlinadi. Nurlanish Dozimetriya nazorati shaxsiy tarkib radioaktiv moddalardan zaharlangan joylarda xarakat qilganida yoki boshqa sharoitlarda yuqqan radiatsiya dozasini oʻlchashdan iborat. Uning maʼlumotlariga qarab shaxsiy tarkibning radioaktiv nurlanishdan zaharlanishini oldini olish choralari koʻriladi. Radioaktiv zaharlanish D. n. da shaxsiy tarkib, qurol-yarogʻ., jangovar texnika, transport vositalari, har-biy anjomlar, oziq-ovqat va suvning radioaktiv moddalar bilan zaharlanish darajasi oʻlchanadi. Uning maʼlumotlariga koʻra shaxsiy tarkibni sanitariya tekshiruvidan oʻtkazish, qurol-yarogʻ, texnika anjomlarini zararsizlantirish choralari belgilanadi. Bunday Dozimetriya nazorati qoʻshinlar zaharlangan zonadan chiqarilganidan keyin oʻtkaziladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x