DOZATOR — suyuq va sochiluvchan moddalar massasi yoki hajmini avtomatik tarzda oʻlchaydigan (dozalaydigan) qurilma. Dozatorning ogʻirlik va hajmiy, davriy (diskret) va uzluksiz ishlaydigan, dastaki va avtomatik boshqariladigan, bir va koʻp komponentli xillari bor. Davriy ishlaydigani texnologik jihozlar tik oʻrnatilgan hollarda, uzluksiz ishlaydigani yotiq oʻrnatilgan hollarda qoʻllaniladi. Dozatorlar taʼminlash, qabul qilish, oʻlchash qurilmalari (datchik), qayd qilish va rostlash tizimi hamda ijro etuvchi qurilmalardan iborat. Dozator xom ashyoni te-jash, materiallar iyerofini kamaytirish va b. ga imkon beradi. Dozator qurilish va savdo korxonalarida, oziq-ovqat sanoati hamda dori tayyorlash va b. da qoʻllaniladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые