DOYZI (Doisy) Eduard Adelbert (1893—1986) — amerikalik fiziolog va biokimyogar. AQSH Milliy fanlar akademiyasi akad. (1938), Garvard un-ti prof. (1954). Vitaminlar, jinsiy gormonlar va oʻt kislotalari kimyosi ustida tadqiqot olib borgan. Estron (1930), shuningdek, estrol va estradiol 17 V ni (1936) kristall holda olgan. K, vitamin (follixinon)ni sof holda ajratib olib, uning kimyoviy tuzilishini aniqlagan (1939). Gormonlar va oʻt kislotalarining almashinu-vini oʻrganib, oʻzigacha nomaʼlum boʻlgan oʻt kislotalarini kashf etgan, ularning kimyoviy tuzilishini urgangan va sintez qilgan. Nobel mukofoti laureati (1943).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые