DOVKAMPIR KOʻLI — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Boʻzatov tumanidagi koʻl. Amudaryo tarmogʻi Okdaryoning oʻng sohilida, Dovulboyoʻzak tarmogidan va sizot suvlaridan toʻyinadi. Suv yuzasining maydoni (suvga toʻlganda 300 gektar) va chuqurligi (eng chuqur joyi 1 m) oʻzgarib turadi. Tubi tekis, maydonining katta qismi qamishzor va turli utlar bilan qoplangan. Suvi tiniq va chuchuk. Dovkampir koʻlida churtan, chavoq, qizilqanot, taran, tangabaliq, olabugʻa baliqlari bor. Amudaryoda suv kam boʻlgan yillari suv sathi pasayib, baʼzan deyarli qurib qoladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые