DOVGOSTOV OLTIN KONI

DOVGOSTOV OLTIN KONINavoiy viloyatida joylashgan kon, Zarafshon sh. dan 40 km jan. da. 1967-y. da Ovminzatov — Beltovning markaziy qismidagi tepalikda topilgan, razvedka va baholash ishlari 1970—73 y. larda bajarilgan. 1977—82 y. larda konda mukammal razvedka ishlarining 2-nav-bati olib borilgan. Konning geologik tuzilishida yuqori rifey terrigen (alevrolit, qumtosh, slaneslar) yotqiziqlardan iborat besopan svitasi ishtirok etgan. Dovgostov oltin koni uzunligi 2,5 km, kalinligi 100—450 m minerallashgan zonadan iborat. Ruda jismlari tomirsimon, uzunligi bir necha oʻn m boʻlib, 150—500 m chuqurlikkacha davom etgan. 16 ta ruda jismi aniklangan. Dovgostov oltin koni asosiy rudali minerallari pirit, oltin bilan arsenopirit, antimonit; noruda minerallar — kvars, kalsit, seritsit; ikkinchi darajalilari — markazit, sfalerit, argentit. D. o. k. — zaxiradagi kon.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x