DOTSENT

DOTSENT (lot, dosene — taʼlim beruvchi) — bir qancha mamlakatlarda oliy oʻquv yurtlari oʻqituvchilarining ilmiy unvoni va lavozimi. Oʻzbekistonda Dotsent unvoni kafedra mudiri va b. lavozimlarga tanlov boʻyicha saylangan yoki shu lavozimlarda shartnoma asosida ishlayotgan yoxud oliy oʻquv yurtining rektori (oʻquv va ilmiy ishlar boʻyicha prorektori), malaka oshirish in-ti va unga tenglashtirilgan oʻquv yurtining direktori (direktor oʻrinbosari) lavozimlarini egallab turgan, ularda oʻquv yili davomida muvaffaqiyatli faoliyat yuritgan, oliy oʻquv yurtlari yoki malaka oshirish in-tlarida kamida 3 y. pedagog boʻlib ishlagan hamda ped. amaliyotida foydalanilayotgan, shu jumladan dissertatsiya himoyasidan keyin matbuotda eʼlon qilingan ilmiy va oʻquv-metodik ishlarga ega boʻlgan fan d-rlari va nomzodlariga beriladi. Oliy oʻquv yurtida kamida 5 y. lik pedagoglik ish stajiga ega, kollej, litsey, gimnaziya, oʻrta maxsus va kasb-hunar oʻquv yurtlari uchun darslik yoki oʻquv qoʻllanmalari, umumiy oʻrta taʼlim maktablari uchun darsliklarning yakka mualliflari boʻlib, tanlov boʻyicha yoki shartnoma asosida kafedra mudiri Dotsent lavozimiga tayinlangan va mazkur lavozimlarda oʻquv. yili davomida muvaffaqiyatli ishlagan oliy maʼlumotli yuqori malakali mutaxassislarga ham ilmiy darajasi bor-yoʻqligidan qatʼi nazar, Dotsent unvoni berilishi mumkin. Dotsent unvonini, qaysi idoraga boʻysunishidan qatʼi nazar respublika oliy oʻquv yurtlari va i. t. muassasalari ilmiy (ilmiy-texnika) kengashlarining tavsiyasiga binoan OʻzR Vazirlar Mahkamasi quzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi beradi. Dotsent larga belgilab qoʻyilgan namunadagi attestatlar topshiriladi. OʻzR da Oliy attestatsiya komissiyasi tashkil etilgandan beri (1992) 2002-y. 1 yanv-. gacha 3088 kishi Dotsent unvoniga ega boʻlgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x