Doston Ubaydullaev — Senga shaydoman

Qalbimni ochding yanada,
Qolmadi hech so’z panada,
Xayoling dunyosidaman,
Yonadi sevgim tanada.

Bora-bora mani rom aylading,
Yuragimni yuragingga joylading,
Ko’ngling musaffoligidan
Ko’nglimni manguga boylading.

Ko’zlaringgamas, so’zlaringgamas,
Yuzlaringgamas, senga shaydoman,
Chiroyinggamas, dunyoyinggamas,
Manga shaydo qalbingga shaydoman. (x2)

Ko’zingda sevgi yonadi,
Ko’zingdan dil quvonadi,
Tashna bu qalbim sen bilan
Mehr-muhabbatga qonadi.

Taraladi chehrangdan ziyo,
Yurak o’ynab ketar boqsam qiyo,
Mehr to’la sening nigohlaring
Ta’rif etar muhabbatingni go’yo.

Ko’zlaringgamas, so’zlaringgamas,
Yuzlaringgamas, senga shaydoman,
Chiroyinggamas, dunyoyinggamas,
Manga shaydo qalbingga shaydoman. (x2)

Ko’zlaringgamas, senga shaydoman,
Senga shaydoman,
Chiroyinggamas,
Sening toza qalbingga shaydoman.

Senga shaydoman, senga shaydoman… (x4)

Ko’zlaringgamas, so’zlaringgamas,
Yuzlaringgamas, senga shaydoman,
Chiroyinggamas, dunyoyinggamas,
Manga shaydo qalbingga shaydoman.

Senga shaydoman, senga shaydoman… (x2)

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x