Do‘stlar

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, tulki, baqa va kanalar do‘st tutinishgan ekan. Ular safarga otlanishibdi. U zoq yo‘l yurishibdi. Yo‘lda bir to‘p bug‘doy topib olishibdi. Uchovi ham «men olaman» deb talashib, janjallashib qolishibdi.
Shunda kana:
— Menda bir taklif bor, bunaqa qilib janjallashib o‘tirguncha, uchovimiz uch tomonidan yeya beraylik, bir qishga uchalamizga ham bemalol yetadi, — debdi. Tulki:
— Bunaqasi bo‘lmaydi, yugurish qilamiz. Kim avval yetib kelsa, o‘sha hammasini oladi, — debdi.
Keyin uchovi yugurmoqchi bo‘lib turganlarida, kana bildirmasdan tulkining dumiga yopishib olibdi. Tulki To‘g‘aloq — yumaloq yugurib kelib «men keldim» desa, undan burun kana chiqib «men keldim» debdi. Baqa esa, vaqillab, orqada qolib ketgan ekan. Uch marta shunaqa yugurish qilishsa ham, har safar kana birinchi bo‘lib «men keldim» deyaveribdi.
Keyin tulki bilan baqa kanani o‘rtaga olib, taqsimlashni rosa yalinib so‘rashibdi. Kana rozi bo‘libdi. Uchovlari uch tomondan yeya boshlashibdi. Aytishlariga qaraganda, hali ham tamomlamagan ekanlar.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x