DOSHUMOVA Tamara Gʻaniyevna

DOSHUMOVA Tamara Gʻaniyevna (1954.10.3, Nukus) — xonanda. Qoraqalpogʻiston (1977), Oʻzbekiston (1980) va Tatariston (1981) xalq artisti. Toshkent davlat teatr va rassomlik sanʼati in-tining drama va kino aktyori f-tini tugatgan (1986). 1968—96 y. lar Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston davlat filarmoniyasi qoshidagi «Oyqulash» ansamblining yakkaxoni, 1996-y. dan «Amu toʻlqini» ansamblida xonanda. Kuchli, nafasi keng, baland va yoqimli ovozga ega. Repertuaridan qoraqalpoq xalq («Nolish», «Gʻulpaq» va b.), xorazm («Boʻlmas» va b.) qoʻshiqlari, qoraqalpoq hamda oʻzbek kompozitor va bastakorlari asarlari («Koʻngil koʻngildan suv ichar», N. Muhammeddinov; «Qoʻshigʻimga oʻzing qanot boʻlasan», «Sening bu dunyoda borliging», «Yor etma», X. Turdiqulov; «Besik jыrы» M. Jiyemuratov; «Yoʻllarim», M. Ashrafiy va b.) oʻrin olgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1981).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x