DOROYI (axomaniylar davlati shohi Doro I nomidan) — 1) ipakdan yupqa, nozik qilib toʻqilgan yoʻl-yoʻl mato;
2) roʻmol turi. Oq ipaqdan nafis, bejirim qilib sharfga oʻxshatib toʻqiladi, uz. 2—2,5 gazcha keladi. Oʻrish ipi xom (ishqorlanmagan) ipakdan, arqoq ipi pishiq (ishqorlangan) ipakdan toʻqilganligi bilan sharfdan farq qiladi.