DONO FIKRLAR: Doktor Abdul Qalam fikrlari

DONO FIKRLAR: Doktor Abdul Qalam fikrlari (https://telegra.ph/file/e32fcc5f9a949b06c0097.png)🔰

👤 Avur Pakir Djaynulabdin Abdul Qalam (1932-2015) – hind olimi, fan va jamoat arbobi. Doktor Abdul Qalam Hindiston Respublikasining 11-prezidenti bo‘lib, 2002-2007 yillarda faoliyat ko‘rsatgan. Oddiy qayiqchining o‘g‘lidan prezidentlik darajasigacha erishgan olim mamlakat yoshlarining ilmiy-ma’naviy yo‘lboshchisi, mehnat muvaffaqiyatga erishtirishini isbotlay olgan. Quyida uning iqtiboslaridan namunalarni o‘qib bahra oling:

“Orzu ushalishidan oldin sen orzu qilishga odatlanishing kerak. Ammo unutma: orzu qilish – hayollarni tushda ko‘rish degani emas, balki bu odamga uyqu bermaydigan jarayondir”.

* * *

“Maqsad yo‘lida omadga erishishning yagona yo‘li – sobitqadamlikdir”.

* * *

“Erkak kishi muvaffaqiyatidan huzurlanishi uchun mashaqqatlarga ro‘baro‘ kelishi kerak. Mehnat azobi muvaffaqiyatning hozirligidan nishona”.

* * *

“Kimgadir zarba berish uni mag‘lub qilishni anglatmaydi. G‘alaba insonning ko‘nglidan joy olish bilan belgilanar ekan, kimgadir dushmanligimizdan ma’ni yo‘qdir”.

* * *

“Bizning farzandlarimiz ertaga farovon yashashi uchun biz bugunimizni qurbon qilishga ikkilanmaylik”.

* * *

“Ozod bo‘lmagan millatni ham, insonni ham hech kim hurmatga munosib ko‘rmaydi. Avvalo, biz ozodlikka shuning uchun muhtojmiz”.

* * *

“Hayotdagi mashaqqatlar bizni xarob qilish uchun emas, o‘zimizning yashirin salohiyat va imkoniyatimizni anglash uchun bizga to‘qnash keladi. Mashaqqatlarga mukammal inson ekanligingizni bildirib qo‘ying”.

* * *

“Quyoshdek porlamoq uchun quyoshdek nur sochishni bilish kerak”.

* * *

“Qalbi yuksak insonlar uchun din, bu – do‘stlar orttirish, osuda yashash vositasi. Mayda odamlar esa dinni dahshatli qurolga aylantirishadi”.

* * *

“Kichik maqsad ham go‘yo bir jinoyat – o‘zingga qarshi jinoyat. Doimo o‘zingga munosib baho ber va kichik emas, yuksak cho‘qqini ko‘zla”.

* * *

“To‘g‘ri, men kelishgan odam emasman. Lekin kelisha oladigan odamman. Go‘zallik yuzda emas, ko‘ngilda bo‘ladi”.

* * *

“Modomiki mamlakat korrupsiyadan holi, go‘zal tafakkurli insonlar jamiyatini qurishni xohlar ekan, men buni jamiyatning uchta a’zosi amalga oshirishiga qattiq ishonaman. Ular – ota-ona va o‘qituvchi”.

* * *

“Yaratgan ham tinimsiz mehnat qiladiganlarga yordam berishini tushunib yetgan bo‘lsang kerak. Bu hayotning eng yorqin qoidasi”.

* * *

“Kelajagingni o‘zgartirishga qodir emasdirsan, lekin fe’l-atvor, odatlaringni o‘zgartirish qo‘lingdan keladi. Bu esa o‘z navbatida kelajagingni o‘zgartiradi”.

* * *

“Yomg‘ir yog‘ishi bilan qushlar iniga, pana-pasqamga shoshsa, burgutlargina bulut tepasiga parvoz qiladilar. Xulosa: muammolar bir xil, unga yechim topish yoki topa olmaslik fe’l-atvorga bog‘liq”.

* * *

“Muvaffaqiyatga bag‘ishlangan hikoyalarni o‘qimang: ularning maktubdan farqi yo‘q. Siz muvaffaqiyatsizlikka uchraganlarning hayotini o‘rganing: ular xulosa chiqarishingizga sababchi bo‘lishadi”.

* * *

“Modomiki buyuk bo‘lishni istar ekansan, avvalo millating buyukligi yo‘lida xizmat qil”.

📝 Manba: Shuhrat Sattorovning “Biz g‘alaba qozonamiz: muvaffaqiyat va munosib hayot sirlari” kitobi

“Kim neni izlasa, topgay begumon …”

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x