DONESK TOSHKOʻMIR HAVZASI — Yevropadagi muhim koʻmirli havza. Ukrainaning Lugansk, Donesk, Dnepropetrovsk, qisman Poltava, Xarkov va RFning Rostov viloyatlarida joylashgan. Maydoni 60 ming km2. Shundan Ukrainadagisi 40 ming km2 dan koʻproq. Koʻmirning balans zaxirasi A+V+S, toifa boʻyicha 56 mlrd. t, S2 toifa buyicha 18,1 mlrd. t. Ukrainadagi koʻmirning zaxirasi yukrridagiga muvofiq 48,6 va 14,2 mlrd. t. D. t. h. ning tektonik tuzilishi Ukraina kristalli qalqoni bilan Voronej kristalli massivi oraligʻidagi sinklinoriydan iborat. Havzaning geologik tuzilishida yuqori paleozoy, mezozoy va kaynozoy eralariga mansub choʻkindi jinslar ishtirok etgan. Koʻmir qatlamlari karbon davri yotqiziqlarida joylashgan. Bu yotqizikdar ohaktosh, argellit va alevrolitlardan tashkil topgan. Donesk toshkoʻmir havzasining koʻmirga samaradorligi oʻrta karbon davriga toʻgʻri keladi. Donesk toshkoʻmir havzasida 330 ga yaqin koʻmir qatlami maʼlum. Bular quyi, oʻrta va yuqori karbon yotqiziklarida. Koʻmir tarkibidagi uchuvchan moddalarning mikdori va b. xossalariga koʻra D. t. h. koʻmiri 8 markaga bulingan. Yonganda 7150 kkal/ kg dan 8600 kkal/kg gacha issiklik chiqaradi. Donesk toshkoʻmir havzasining gidrogeologik sharoiti qatlamlardan kumir olishga juda kulay. Shaxtalarni deyarli suv bosmaydi. Donesk toshkoʻmir havzasida toshkoʻmir dastlab 1721-y. Kundaryuch daryosi oʻzanidan topilgan. 1864—70 y. larda havzaning birinchi geologik xaritasi tuzilgan. Kumir dastlab oddiy usulda olingan. 1892—1926-y. larda mukammal geologik syomka oʻtkazilgan. Dastlabki shaxta 1895-y. da Lugansk metallurgiya zdini yoqilgʻi bilan taʼminlash maqsadida qurilgan. Donesk toshkoʻmir havzasida kumir shaxta usulida qazib olinadi. Donesk toshkoʻmir havzasi koʻmiri qora metallurgiya, issiklik elektr styasida va b. maqsadlarda ishlatiladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые