DONADOR OZUQA (chorvachilikda) — aralash yem, oʻt uni va b. dan qattiq gʻoʻlak koʻrinishida tayyorlanadigan ozuqalar aralashmasi. Yumaloq, silindrsimon, kub shaklida, oʻlchamlari (koʻndalang kesimi) 1 mm dan 25 mm gacha boʻladi. Donador ozuqada oziq va mineral moddalar, vitaminlar yaxshi saqlanadi, tashish va fermalarda mollarga berish qulay. Bunday ozuqalarni mollar yaxshi yeydi va ular oson hazm boʻladi. Donador ozuqa maxsus donadorlash mashinalarida tayyorlanadi. Donador ozuqa gʻalla omborlari va minoralarida saqlanadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые