DON OT ZOTI

DON OT ZOTI — salt miniladigan va aravaga qoʻshiladigan ot zoti. Don kazaklari tomonidan Don daryosi havzasidagi dasht mintaqasida mahalliy otlarni, 15—19-a. larda mahalliy jan. Rossiya zotlarini Qorabogʻ, fors, arab, sof naslli turkman ot zotlari bilan chatishtirib yaratilgan. Don ot zotining tuyey malla, jiyron, gavdasi yirik. Yozning jazirama issiq va qishning sovuqlariga bardoshli. Yagʻrini bal. 160—163 sm, tana kiya uz. 162—165 sm, koʻkrak aylanasi 195—198 sm, pocha aylanasi 20—21 sm. Chopqirlikda uch yoshlisi 2400 m masofani 2 min. 43,2 sek. da bosib oʻtgan. Rossiyaning Rostov, Qozogʻistonning jan. viloyatlarida urchitiladi. Koʻpgina mamlakatlarda, jumladan, Oʻrta Osiyoda mahalliy ot zotlarini yaxshilashda foydalaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x