DOMRA — rus xalq torli tirnama sozi. Olimlarning taxminlariga koʻra, turkiy xalqlarning doʻmbira cholgʻusi negizida paydo boʻlgan. Kvarta yoki kvinta boʻyicha sozlanadi. Ovozi yoqimli, diapazoni 2,5 oktava. Qad. turi 16—17-a. larda skomorox (masxaraboz) lar oʻrtasida keng tarqalgan. 1896—1908-y. lari qayta ishlanib, 3 va 4 torli Domralari rus xalq cholgʻulari orkestri hamda turli ansambllar tarkibiga kiritilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые