DOMKRAT (gollandcha dommekracht) — ogʻir yuklarni vaqtinchalik koʻtarib beradigan mexanizm. Harakatlanish tarziga koʻra reykali, vintli, gidravlik va pnevmatik xillarga boʻlinadi. Domkrat ixchamligi, massasining kichikligi, koʻtarish tezligining kamligi (0,01—0,25m/ min.) va koʻtarish balandligi (0,15—1 m) bilan ifodalanadi. Max-sus ishlarga moʻljallangan Domkrat bir necha yuz t gacha yukni bir necha m balandlikkacha koʻtara oladi. Domkrat mashinalarning gʻildiragini almashtirishda, taʼmirlash, yuk ortish-tushirish ishlarida qoʻllaniladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые