DOMINIKANA RESPUBLIKASI

DOMINIKANA RESPUBLIKASI (Republica Dominicana) — Katta Antil o. lari guruhidagi Gaiti o. ning sharqiy qismida joylashgan davlat. Mayd. 48,4 ming km2. Aholisi 8,5 mln. kishi (1999). Maʼmuriy jihatdan 29 viloyat va 1 milliy okrugga boʻlinadi. Poytaxti — Santo-Domingo sh.

Davlat tuzumi. Dominikana Respublikasi — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1966-y. 28 noyab. da qabul qilingan; 1994-y. oʻzgartishlar kiritilgan. Davlat va hukumat boshligʻi — prezident, u umumiy ovoz berish yoʻli bilan 4 y. muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Milliy kongress (parlament) amalga oshiradi. Parlamentning ikkala palatasi — senat va deputatlar palatasi umumiy ovoz berish yoʻli bilan 4 y. muddatga saylanadi. Ijroiya hokimiyatni prezident tomonidan tayinlanadigan hukumat amalga oshiradi.

Tabiati. Dominikana Respublikasining sohillari koʻpgi-na qoʻltiklar bilan parchalangan. Hududining yarmidan kupi togʻ bilan qoplangan. Markaziy qismida Kordilyera-Sentral (Duarte togʻi, bal. 3175 m gacha), shim. da Kordilyera-Septentri-onal (bal. 1249 m gacha), sharkda Kordilyera-Oryental (bal. 701 m gacha) tizmalari bor. Jan. sohili yaqinidagi Saona, Katalina, Beata o. lari ham Dominikana Respublikasiga qaraydi. Togʻlar oraligʻidagi Sibaova Vega-Real vodiysining tuprogʻi gʻoyat serunum boʻlib, u yerda q. x. mahsulotining koʻp qismi yetishtiriladi, qishloq aholisining aksariyati yashaydi. Dominikana Respublikasi dagi vulkanlar soʻngan boʻlsa xam, ammo tez-tez zilzila boʻlib turadi. Iqlimi — tropik, passat iqlim. Pasttekisliklarda oʻrtacha oylik t-ra 25—27°, togʻlarda bundan 10 — 12° salqinroq. Yiliga 1000—2000 mm yogʻin yogʻadi, tropik dovullar boʻlib turadi. Togʻlardan boshlanadigan daryolar mamlakatni boshdan oyoq kesib oʻtadi. Yirik daryolarda kema qatnaydi. Togʻlar tropik oʻrmon, savanna va butazorlar bilan qoplangan. Qimmatbaxr yogʻoch olinadigan daraxt turi koʻp. Mineral buloklar bor. Milliy bogʻlari: Arman-do-Bermudes, Del-Este, Los-Aytises.

Aholisining asosiy qismi domini-kanlar, ularning 73% ispan-nef duragaylari, 11% negrlar, 15% oq tanlilardir. Rasmiy tilispan tili. Aholisining koʻpchiligi katoliklar. 60% dan ortiq aholi shaharlarda yashaydi.

Tarixi. Bu yerda 15-a. oxirigacha urugʻchilik bosqichidagi indeys qabilalari: siboney, aravak, tayno, karib kabilar yashagan. Koʻpchilik qabilalar oʻtroq xayot kechirar, siboneylar ovchilik b-n shugʻullanar edi. 1492-y. da X. Kolumb orolga kelganida uni Ispaniyaga oʻxshatib, Espanyola deb atadi. Aravak qabilasiga mansub tain indeyslari esa uni Gaiti deyishardi. Mahalliy aholi ogʻir mehnat va vahshiyona muomala oqibatida qirilib ketdi. Shunda ispanlar qoʻshni orollardan va Afrikadan qullarni olib kelib, shakarqamishzorlarda, chorvachilik va oltin konlarida ishlatishga kirishdilar. 16-a. oxiri va 17-a. boshlarida Fransiya b-n Buyuk Britaniya orolni egallashga harakat qila boshladi. 1697-y. Risvik sulh shartnomasiga binoan Espanyola o. ning gʻarbiy qismi (hoz. Gaiti hududi) Fransiyaga topshirildi va Santo-Domingo deb atala boshladi, sharqiy qismi (hoz. Dominikana Respublikasi hududi) Ispaniya qul ostida qoldi. 1795-y. is-panlar orolning sharqiy qismini ham Fransiyaga topshirdi. 1804-y. da mustaqillik uchun kurash natijasida fransuzlar oroldan quvib chiqarildi va Gaiti davlati tuzildi. 1844-y. Santo-Domingo ozodlikka erishib, Dominikana Respublikasi deb ataldi. 19-a. oʻrtalaridan mamlakat iqtisodiyotiga chet el sarmoyasi kira boshladi. 1905-y. AQSH D. R. ni asoratga solib, mamlakat bojxonalarini oʻz na-zoratiga oldi. 1916-y. AQSH qoʻshinlari oʻz siyosatiga qarshi koʻtarilgan isyonni bostirish niyatida mamlakatga bos-tirib kirdi va harbiy-okkupatsiya re-jimini oʻrnatdi. Bu rejim 1924-y. gacha joriy qilindi. 1930-y. AQSHdagi yirik monopoliyalar koʻmagida R. L. Truxilyo hokimiyatni egalladi. U musta-bid rejimni oʻrnatdi. 2-jahon urushidan soʻng Lotin Amerikasida milliy ozodlik xarakati kuchayib, Truxilyo rejimiga qarshi xalq harakati avj olgach, u sobiq tarafdorlari tomonidan oʻldirildi (1961). 1962-y. dek. dagi saylovda gʻolib chiqqan X. Bosh hoki-miyat tepasiga keldi. U milliy iqti-sodiyotni mustahkamlash, AQSHga qaramlikni susaytirish tadbirlarini amalga oshirdi: agrar islohot oʻtkazish, siyosiy va demokratik ozodlik haqida yangi konstitutsiya qabul qildi. 1963-y. sent. da reaksion harbiylar X. Bosh hokimiyatini agʻdardi. Mamlakatni harbiy xunta idora qila boshladi. U konstitutsiyani bekor qildi, barcha demokratik partiyalarni taqiqladi. 1965-y. apr. xalq qoʻzgʻoloni harbiy xuntani agʻdarib tashladi. Mamlakatda F. Kaamanyoning konstitutsiyey hukumati tuzildi. AQSH esa oʻz fuqarolarini muhofaza qilish bahonasi bilan Dominikana Respublikasiga bostirib kirdi. Ana shunday bir vaziyatda (1966-y. da) saylov oʻtkazildi. Refor-mistlar partiyasining rahbari X. Balager 1966—78 y. larda prezident boʻlib, milliy monopoliya, yer egalari va ruhoniylarning manfaatini himoya qildi. 1978-y. 16-mayda oʻng kuchlarning qarshiligiga qaramay, inqilobiy partiya nomzodi A. Gusman prezident etib saylandi. 1996-y. 30-iyundagi saylovda esa Ozodlik partiyasining rahbari Fernandes Reyna gʻalaba qozonib, prezident lavozimini egalladi. 2000-y. dan Dominikana Respublikasi prezidenti I. R. Mexia Dominges. Dominikana Respublikasi — 1945-y. dan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 27 fev. — Mustaqillik kuni (1844).

Siyosiy partiyalari, kasaba uyushma birlashmalari. Demokratik integratsiya harakati, 1970-y. da reformistlar partiyasidan ajralib chiqqan fraksiya negizida tuzilgan; Kiskeyyano (Dominikana) demokratik partiyasi, 1968-y. da tuzilgan; Dominikana kommunistok partiyasi, 1944-y. da asos solingan; Dominikana ozodlik partiyasi, 1973-y. da tuzilgan; Dominikana inqilobiy partiyasi, 1939-y. da tuzilgan; Reformist sotsial-xristian partiya, 1986-y. da tuzilgan. Muxtor kasaba uyush-malari konfederatsiyasi, 1962-y. da tuzilgan; Mehnatkashlar umumiy kasaba markazi, 1972-y. da tuzilgan; Dominikana mehnatkashlari milliy konfederatsiyasi, 1988-y. da tuzilgan.

Xoʻjaligi. Dominikana Respublikasi — iqtisodiy jihatdan zaif agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda q. x., oʻrmon xoʻjaligi va baliqchilikning ulushi 15%, sanoatning ulushi 19,2%. Qishloq xoʻjaligida mamlakat hududining 35% ga yaqini foydalaniladi; mamlakat ishchi kuchining 50% shu sohada band. Ekinzorlar mamlakat shim. dagi Sibao va Vega-Real vodiylarida, jan. sohillarda va markaziy tekisliklarda joylashgan. Mehnat unumdorligi va texnika bilan kurollanish past darajada. Asosiy q. x. ekinlari: shakarqamish, kakao, banan, tamaki. Ichki extiyoj uchun sholi, makkajoʻxori, maniok, batat, yams, loviya, sabzavot va b. ekiladi. Yaylov chorvachiligi birmuncha rivojlangan: krramol, choʻchqa, yilqi, parranda boqiladi.

Sanoati zaif, asosan q. x. va chorvachilik xom ashyosini qayta ishlaydigan, oziq-ovqat va toʻqimachilik mah-sulotlari ishlab chiqaradigan mayda korxonalardan iborat. Qand-shakar sanoati durustroq rivojlangan. 2-jahon urushidan keyin konchilik tez yuksala boshladi. Boksit, ferronikel qazib olish koʻpaydi, mis va temir rudasi, marmar, oltin, kobalt, titan qazib olinadi. Sement, yogʻochsozlik, kimyo, neftni kayta ishlash korxonalari mav-jud. 1975-y. da Sanches-Ramires viloyatida Lotin Amerikasidagi eng katta oltin va kumush karyeri ishga tushirilgan. 20 ta erkin iqtisodiy zonada kiyimkechak ishlab chiqariladi. Yiliga oʻrtacha 4,6 mlrd. kVt-soat elektr energiya hosil qilinadi. Keyingi yillarda chet el sayyoxligi rivojlandi. Transporti. Mamlakatda t. y. uz. — 1,6 ming km, avtomobil yoʻli uz. — 17 ming kmdan koʻproq. Asosiy dengiz portlari: Santo-Domingo, Puerto-Plata. 6 ta aeroport, shu jumladan Punta-Kausedoda xalqaro aeroport bor. Dominikana Respublikasi chetga qand-shakar, ferronikel, oltin, kumush, kofe, kakao, banan, boksit, tamaki, meva va b. chikaradi. Chetdan oziqovqat, mashina va avto-mobillar, elektr asbob-uskunalari, maʼdanli oʻgʻit, doridarmon, yoqilgʻi, paxta keltiradi. Savdosotikdagi mijozlari: AQSH va Yevropa Iktisodiy hamjamiyati davlatlari. Pul birligi — Dominikana pesosi.

Sogʻliqni saqlash. Koʻpchilik aholi turmushining tibbiysanitariya sharoiti qoniqarli emas. Davlat byudjetining 7% sogʻliqni saqlashga ajratiladi. Aholining juda oz qismi ijtimoiy sugʻurta qisobiga tibbiy yordamdan foydalanadi. Yuqumli kasalliklardan tanosil, isitma-bezgak, sil tarqalgan. Shifokorlarni 2 tibbiy oliy oʻquv yurti tayyorlaydi.

Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari. Dominikana Respublikasida 7—11 yoshdagi bolalar uchun bepul va majburiy taʼlim joriy etilgan, biroq aholining yarmidan koʻprogʻi savodsiz. Katta yoshdagilar va qishloq aholisi orasida savodsizlar ayniqsa koʻp. Davlat maktablaridan tashqari xususiy va cherkov maktablari bor. Ularning hammasida taʼlim davlat dasturi asosida olib boriladi. Oʻrta maʼlumot olish uchun boshlangʻich maktabdan keyin 3 yillik 2-pogʻona maktabni ham bitirish kerak.

Kechki davlat maktablari savdo, sanoat va q. x. xodimlarini tayyorlaydi. Dominikana Respublikasida 3 ta un-t, jumladan, Amerikadagi eng qad. un-tlardan biri — Santo-Domingo un-ti (1538-y. da asos solingan) bor.

Ilmiy muassasalarida asosan tarix, tilshunoslik, tibbiyot sohalarida tadqiqot olib boriladi. Bir necha xususiy ilmiy muassasalar: Dominikana akademiyasi, tarix akademiyasi, bir qator ilmiy muassasa, jamiyat va uyushmalar bor. Un-t kutubxonasi, Milliy va munitsipalitet kutubxonalari, milliy muzey (1927), milliy badiiy galereya (1943) mavjud.

Matbuoti, radioeshittirish va telekoʻrsatuvi. Dominikana Respublikasida nashr etiladigan asosiy gaz. lar: «Informasyon» («Axborot», kundalik gaz., 1915-y. dan). «Karibe» («Karib gaz.», kundalik gaz., 1948-y. dan), «Listin diario» («Kundalik varaqa», kundalik gaz., 1889-y. dan), «Nasional» («Milliy gazeta», kundalik gaz., 1966-y. dan), «Notisia» («Xabarnoma», kundalik kechki gaz., 1973-y. dan), «Ultima ora» («Soʻnggi soat», kundalik kechki gaz., 1970-y. dan). Aloqa bosh boshqarmasi mamlakatdagi radioeshittirish va telekoʻrsatuvlarni nazorat qiladi. «Radio Televisyon Dominikana» hukumat radio va telekoʻrsatuv xiz-matidir. Bir necha tijorat radio va te-lekoʻrsatuv styalari bor.

Ldabiyoti ispan tilida. 19-a. da birinchi milliy madhiya muallifi F. M. del Monte yangi adabiyotga asos soldi. Dominikana Respublikasida birinchi milliy roman — M. de X. Galvanning «Enrikilyo» tarixiy asaridir. Asr oxirigacha indeyslar turmushi adabiyotning asosiy mavzui boʻldi. Bu davrdagi adabiyot shiddatli siyosiy kurash sharoitida rivojlandi.

1930-y. da Truxilyo reaksion diktaturasining karor topishi bir guruh taraqqiyparvar adiblarni muhojirlikda yashashga majbur etdi. Ulardan A. F. Rekena «Zamin dushmanlari», «Olovli yoʻl» romanlarida mustabid tuzumni fosh etdi. R. Marrero Aristi, X. Bosh asarlari Dominikana Respublikasi dehqonlari hayotiga bagʻishlandi. E. Inchaustegi Kabral, Pedro Mir, M. del Kabral va b. sho-irlarning asarlarida ijtimoiy norozilik goyalari aks etdi.

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati. Ispanlar bosqinidan avval (16-a. ga-cha) indeyslar sanʼati (naqshinkor va jimjimador kulollik, zarang idishlar, tosh va yogʻoch sanamlar) rivojlangan. Dastlabki shaharlar, jumladan Santo-Domingoga asos solingach, keyingi gotika va ilk Uygʻonish uslubida har xil ibodatxonalar, kasalxona, savdo korxonalari, jamoat va turar joy binolari barpo etildi. Santo-Domingodagi Torre del Omenaxe soqchi minorasi (1503—07), sobor (1512—41, meʼmori R. de Lyendo, L. de Moya), Kasa del Amirante saroyi (1510—14) va b. inshootlar hozirgacha saqlangan. Shu davrda maqbaralar qurilishi, rassomlik, haykaltaroshlik ham vujudga keldi. Keyinchalik meʼmorlik suyet rivojlandi. Hozir ham viloyat shaharlarida pastqam yogʻoch uylar, qishloq joylarda yogʻoch sinchli va tomiga shox-shabba yopilgan uychalar koʻp. 1930-y. gi dovulda vayron boʻlgan Santo-Domingo AQSH meʼmorligiga taqlidan temir-beton va oynadan kurila boshladi.

Mustamlakachilik davrida arzigulik tasviriy asarlar yaratilmadi. Yangi davr sanʼati 20-a. dan rivojlandi. Rassom va haykaltaroshlardan L. de Sangles, A. Grulyon va A. R. Urdanetalar tarixiy mavzuda kartina, peyzaj, por-tretlar yaratdilar. Santo-Domingoda birinchi badiiy maktabga asos solingach (1908), yosh rassomlar yetishib chika boshladi. Zamonaviy rassomchilik Amerika va Yevropa modernistik oqimlari — kubizm (X. M. Kolson), abstraksionizm (P. Xyudiseli), syurrealizm (D. Suro) taʼsirida rivojlandi. S. Vos-i-Xil, A. Bonilya, X. O. Morellarning realistik asarlari yaratildi. Santo-Domingo milliy sanʼat makta-bi, San-Fransisko-de Makoris va San-Xuan nafis sanʼat maktabi, Santyago va La-Vega plastik sanʼat maktabi mavjud.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x