DOLCHIN, dorchin (Cinnamomum Cassia Blume) — lavrdoshlar oilasiga mansub daraxt. Jan. Xitoy, Vyetnam, Laos, Shri Lanka, Indoneziya (Yava, Sumatra) va Lotin Amerikasida ekiladi. Doim yashil oʻsimlik. Bargi kalin, guli mayda. Yosh daraxtining poʻstlogʻini quritib, dolchin tayyorlanadi. Dolchin tarkibida 75—90% dolchin aldegidi, 1 — 2% efir moyi, 2—3% oshlovchi moddalar, 1,35% kalsiy oksalat va siamanin borligi aniqlangan. Oziq-ovqat sanoatida ziravor sifatida, farmatsevtikada va atir-upa i. ch. da (dolchin moyi) ishlatiladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые