Preparatga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan infektsion-yallig‘lanish kasalliklar: – nafas yo‘llarining infektsiyalari, shu jumladan faringit, o‘tkir bronxit, o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligini xuruji, traxeit, bronxopnevmoniya, bo‘lakli pnevmoniya, shifoxonadan tashqari pnevmoniya, o‘pka abstsessi, mikoplazmalar, xlamidiyalar va rikketsiyalar chaqirgan plevra empiyemasi; – LOR-a’zolarining infektsiyalari, shu jumladan otit, faringit, sinusit, tonzillit; – siydik-tanosil tizimining infektsiyalari: tsistit, piyelonefrit, bakterial prostatit, uretrit, uretrotsistit, urogenital mikoplazmoz, o‘tkir orxiepididimit; majmuaviy davolash tarkibida endometrit, endotservitsit va salpingoofiorit; shu jumladan jinsiy yo‘l bilan yuqadigan infektsiyalar: urogenital xlamidioz, penitsillinlarni o‘zlashtiraolmaydigan patsiyentlarda sifilis, asoratlanmagan gonoreya (muqobil (alternativ) davolash kabi), chov granulyomasi, venerik limfogranulyoma; – me’da-ichak yo‘llarining va safro chiqarish yo‘llari infektsiyalari (vabo, iyersinioz, xoletsistit, xolangit, gastroenterokolit, batsillyar va amyobali dizenteriya, «sayohatchilar» diareyasi); – teri va yumshoq to‘qimalarning infektsiyalari (shu jumladan, hayvonlar tishlaganidan keyingi jarohatli infektsiyalar), og‘ir husnbuzar kasalligi (majmuaviy davolash tarkibida), furunkulyoz, flegmona, abstsess, jarohatli infektsiya, paronixiya, Laym kasalligining I bosqichi.
– ko‘zlarning infektsiyalari, shu jumladan traxoma va kon’yunktivit.
– operatsiyadan keyingi yiringli asoratlarni oldini olish; – kuydirgi kasalligini profilaktikasi va muqobil davolash, shu jumladan Bacillus anthracis aerozoli bilan nafas olish natijasida chaqirilgan kuydirgi kasalligi, agar shtamm doksitsiklinga sezgir bo‘lsa.
– boshqa kasalliklar: listerioz, tropik granulyoma (agar patsiyentda penitsillinga allergiya bo‘lsa), tulyaremiya, gangrena, qoqshol, o‘lat, rikketsioz (toshmali tif, avstraliya isitmasi), leptospiroz (Veyl sindromi va boshqalar), vabo, qaytuvchan tif, Oroyya isitmasi, peruansk so‘gali, xloroxinga chidamli Plasmodium falciparum chaqirgan bezgak kasalligi (xinin va xinidin bilan muqobil davolash), brutsellyoz (Banga kasalligi) streptomitsin bilan majmuada qo‘llanadi.
– Staphylococci, Streptococci va Pneumococcae ishtirokidagi infektsiyalarni chidamlilikning turli profillari sababli doksitsiklin yordamida davolash mumkin emas.