DOIRA KVADRATURASI — berilgan doiraga tengdosh kvadrat yasash masalasi. Qad. mashhur 3 masala (yaʼni burchak triseksiyasi, kubni ikkilantirish va Doira kvadraturasi) ning biri. Mil av. 5-a. da yunon olimlari sirkul va chizgʻich yordamida berilgan doiraga tengdosh kvadrat yasash masalasi b-n shugʻullanishgan (mas, Gippokrat oychalari). Ammo ularning urinishlari behuda ketgan. 1882-y. da nemis matematigi F. Lindeman Doira kvadraturasi masalasini sirkul va chizgʻich yordamida hal qilib boʻlmasligini qatiy isbotladi. Doira kvadraturasi masalasini, mas, kvadratrisa yordamida yechish, taqribiy va mexanik usullar (xususan, Leonardo da Vinchi silindri) yordamida yechish mumkin. Doira kvadraturasini taqribiy hal qilishni, xususan shunga bogʻliq p ni taqribiy hisoblashni qadimgi oʻrta osiyolik matematiklar ham juda yaxshi bilishgan. Mac, Muhammad al-Xorazmiy, Jamshid al-Koshi va b. p sonini katta aniklik bilan hisoblaganlar.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые