DOBILOV Abbos (1898, Taxtakoʻpir tumani — 1970.11.1, Nukus) — qoraqalpoq shoiri va oqini. Qoraqalpogʻiston xalq shoiri (1944), Oʻzbekiston xalq shoiri (1957). Qoraqalpoq xalq ogʻzaki ijodi va dostonchiligining taniqli namoyandasi. Ijodi 1915-y. dan boshlangan. Vatan, vatanparvarlik, doʻstlik, oddiy insonning yaratuvchilik mehnati Dobilov ijodining asosiy mavzularidir. 2-jahon urushi yillarida Dobilov ijodi yuksak choʻqqiga koʻtarilgan («Dushmanni yanch», «Nomard yigit nega darkor?», «Jangchilarga zarar yetkazmadingmi?» va b.). «Bahodir» (2 kitob, 1946—56) dostonida qoraqalpoq xalqining koʻp asrlik hayoti keng koʻlamda tasvirlangan. Dobilovning 10 ga yaqin sheʼriy toʻplami va 2 jildli «Tanlangan asarlar»i (1959) chop etilgan. Sheʼrlaridan namunalar oʻzbek tiliga tarjima qilingan («Sheʼrlar», 1956). Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Davlat mukofoti laureati (1967).
As: Svetlыy den. Stixi, Nukus, 1956; Shgʻarmalari, 1—2-j., Nokis, 1959; Arnaular (Krsыklar), Nokis, 1966.
Ad.: Niyetullayev S, Abbos Dabыlovtin tvorchestvolik jolы, Nokis, 1966.