Mashhur ingliz adibi Bernard Shou vrach qabuliga borib, oyogʻi ogʻriyotganidan shikoyat qiladi.
– Oyogʻingiz qanchadan beri bunday ahvolda? – deb soʻraydi doʻxtir.
– Ikki haftadan beri, – deydi Shou.
– Ikki haftadan beri singan suyak bilan qanday yurdingiz?! Nega ilgariroq kelmadingiz? – deydi vrach hayratlanib.
– Bilasizmi, doʻxtir, – deb oʻzini oqlagan boʻladi yozuvchi, – qachon bir joyim ogʻriyotganini aytsam, xotinim chekishni tashlashimni talab qila boshlaydi…
Orif Tolib tayyorladi.
“Yoshlik” jurnalining 2016 yil 9-sonida chop etilgan.
https://saviya.uz/hayot/mashhurlar-hayoti/doxtirga-bormaslikning-sababi/