DOʻSTMATOV Doʻnan (1905 – Namangan viloyati Norin Tumani Toshloq qishlogʻi — 1979) — xalq hashari b-n amalga oshirilgan irrigatsiya qurilishlari novatori. 1929-y. dan jamoa xoʻjaligi (hoz. «Boʻston» shirkat xoʻjaligi) aʼzosi, hosilot (1936—39), jamoa xoʻjaligi raisi (1947—48), zveno boshligʻi (1949—63). 1965-y. dan shaxsiy pensioner. D. Katta Fargʻona kapali (1939) qurilishida kundalik mehnat normasini koʻp marta ortigʻi bilan bajarishni boshlab bergan doʻstmatovchilik harakatining tashabbuskori. Kosonsoy suv ombori, Farhod GES kabi qurilishlarda qatnashgan. Andijon viloyati Kuyganyor qishlogʻida haykali qoʻyilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые