Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulugʻ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan.
*****
Agar yomonlikka yomonlik bilan javob beriladigan boʻlsa, u holda yomonlik qachon tugaydi?
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Doʻstlik baland togʻ boʻlib, unga faqat vafodorlargina tirmashib chiqadilar.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Suv hamma narsani yuvadi. Ammo zaharli tilni emas.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Haqiqiy sustlik berk aqllarda boʻladi.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Vatan uch nafar odamning ustida turadi:
- Taom beradigan dehqonning;
- Qoʻriqlaydigan askarning;
- Tarbiya qiladigan muallimning.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Agar chiroyli ayol gavhar boʻlsa, fazilatli ayol (gavharlarga toʻla) kondir.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Qamoqxonaning hidini hidlamasdan (yaʼni qamoqqa tushmasdan) oʻgʻrilik qilib yuradiganlar naqadar koʻp!
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Oʻzi xato qilib, yana undan uzr soʻrashlarini kutadigan kimsalar meni juda ham bezovta qiladi.
Bernard Shou
*****
Oʻzingni oqlab oʻtirma. Doʻstlaring oʻzingni oqlashingga muhtoj emaslar. Dushmanlaring esa bu gaplaringga ishonmaydilar.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
https://saviya.uz/ijod/nasr/dostlik-baland-tog-bolib-unga-faqat-vafodorlargina-tirmashib-chiqadilar/