DOʻLANA (Crataegus L.) — raʼnodoshlar oilasiga mansub daraxt yoki buta. Bal. 6—10 m, tanasining yoʻgʻonligi 40—50 sm, sershox. 890 turi bor, shundan 10 turi Oʻzbekistonda oʻsadi, Xi-toy, Ispaniya, Italiya, Jazoir, Amerika va b. mamlakatlarda ham tarqalgan. Barg cheti yirik tishli yoki patsimon boʻlingan, poyaga ketma-ket oʻrnashgan. Guli mayda, toʻpgulga yigʻilgan. Mevasi 1—5 danakli. Doʻlananing manzarali oʻsimlik sifatida oʻstiriladigan, shuningdek, boʻrikoʻz Doʻlana, sariq D., qizil D. degan turlari bor. D. yovvoyi holda Oʻzbekistonning togʻli tumanlarida, dengiz sathidan 1000—1500 m balandlikda, koʻpincha, yakka holda usadi, baʼzan kichik Doʻlana zorlar ham uchraydi. Baʼzi turlarining mevasi yirik, koʻp isteʼmol qilinadi. Sariq Doʻlana guli nektar (gulshira)ga boy. Doʻlana may—iyunda gullaydi, sent. oxirlarida pishadi, 25—30 yoshli daraxti 70—80 kg hosil beradi. Mevasi tarkibida 11,5—15,9% qand, 8% yogʻ, 0,67—0,88% olma kislota bor. Xalq tabobatida ishtaha ochuvchi, ichni qotiruvchi dori sifatida qoʻllaniladi. Doʻlana bargi, poʻstlogʻi va ildizi qaynatmasi b-n matolarni sariq va qoʻngʻir rangga boʻyash mumkin. Doʻlana olma, nok, behi uchun yaxshi payvandtag boʻladi. Urugʻi, ildizi, ildiz bachkisi va ildiz poyasidan, parxish yoʻli bilan ham koʻpaytiriladi.
Danagining qobigʻi juda qattiq, ekilgandan keyin 2 – yoki 3 – yili unib chiqadi. Uni sulfat kislotaga 12 soat solinib, nam qumda baxrrgacha saqlansa, 1-yiliyoq unadi. Doʻlana sovuqqa, qurgʻoqchilikka chidamli. Doʻlanadan yashil devor va ihota daraxtzorlari qosil qilishda, eroziyaga qarshi togʻ yon ba-gʻirlarini mustaqkamlashda foydalaniladi.