DNEPR (yun. Borisfen) — Sharqiy Yevropadagi daryo, RF, Belorussiya va Ukraina xududida. Uz. 2201 km. (Yevropada uzunligi boʻyicha Volga va Dunaydan keyin 3-oʻrinda), havzasining mayd. 504 ming km2. Valday qirlaridan boshlanib Qora dengizning Dnepr limaniga kuyiladi. Dneprning oʻng va chapdan irmogʻi koʻp; yiriklari — Drut, Berezina, Pripyat, Soj, Desna, Suda, Psyol, Vorskla, Samara, Ros. Oʻrta oqimida Dneprning vodiysi keng (6—18 km), qad. terrasalar bor. Quyi oqimida Dnepr Qora dengiz boʻii pastgekisligidan oqib oʻtadi. Qor va funt suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sarfi 1700 m3/sek. Dek. dan mart oxirigacha muzlaydi. Dneprda kuyilish yeridan 1677 km masofada kema qatnaydi. Asosiy pristanlari va portlari: Mogilyov, Kiyev, Ka-nev, Cherkassi, Kremenchug, Dnepropetrovsk, Zaporojye, Nikopol, Xerson. D. sunʼiy suv sistemalari orqali Boltiq dengizi havzasining daryolari: Gʻarbiy Dvina bilan Berezina sistemasi, Neman b-n Dnepr-Neman, Gʻarbiy Bug bilan DneprBug kanallari orqali bogʻlangan. GES lar qurilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые